Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLARGA KIBERMAKONDAGI XAVF-XATARLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI TUSHUNTIRILDI

Uchrashuv davomida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ–764-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Xususan, axborot xavfsizligini ta’minlash, internet tarmog‘ida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda uchrashi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish hamda kiber tahdidlardan saqlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish, internetdan xavfsiz va oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish borasida ham keng tushunchalar berilib, savol-javoblarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3