Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sahoba mahallasi fuqarolari murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputat N.Norkarayev tashabbusi bilan nuroniylar uchun ziyorat tashkil etildi
янв.21
SARIKUL MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONI QURILMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlandi
янв.21
“Narpay tajribasi” asosida Nurbuloq mahallasida yo‘l ta’miri masalasi muhokama qilindi
янв.21
Ag‘ron mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalliy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOSIGA AMALIY YeCHIM IZLAMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
SARIKUL MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONI QURILMOQDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan tumandagi Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumta’lim maktabi hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Mazkur sport maydoni 2025-yil 2-mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Loyihaga muvofiq, ushbu zamonaviy sport maydonini barpo etish uchun jami 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlari sendvich-panel texnologiyasi asosida amalga oshirilayotgani esa inshootning mustahkamligi va zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlaydi.

Deputat tomonidan qurilish jarayoni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur sport maydoni foydalanishga topshirilgandan so‘ng, mahalladagi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Slide 1 of 4