🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari R. Xonnozov tumandagi Xalqobod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi U. Qo‘rbonov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
🔹 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, “mahalla yettiligi” faoliyati va ularning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va tizimli hal etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
🔹 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qonunning maqsadi fuqarolarning yer va mulk huquqlarini tartibga solish hamda huquqiy aniqlikni ta’minlashdan iborat ekani ta’kidlandi.
🔹 Uchrashuv yakunida mahalladagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.