Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati F.Xujamberdiyev Aylanmajar mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro Sh.Yoqubova 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit va o‘z mablag‘i hisobidan issiqxona tashkil etgan bo‘lib, unda bulg‘or qalampiri, bodring, pomidor va boshqa sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ushbu faoliyat natijasida mahalla hududidagi 10 nafar ayol ish bilan ta’minlangan.
Shuningdek, fuqaro M. Qo‘chqorova 50 million so‘m kredit mablag‘ini olgan holda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanib, hozirda 20 dan ortiq qo‘ylarni parvarishlamoqda.