✔️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S. Suyarova tomonidan tumandagi Nurbuloq mahallasida joylashgan 41-umumta’lim maktabining mini stadionning bugungi holati o‘rganildi.
✍️O‘rganishlar davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan,
1️⃣ Stadion atrofiga o‘rnatilgan metal sim setkalar uzilib, yaroqsiz holga kelganligi;
2️⃣ Sport maydon darvozasi (vorata) sinib ketganligi ;
3️⃣ Sun’iy qoplama esa eskirib, foydalanishga yaroqsiz ahvolda ekanligi;
4️⃣ Tungi yoritish chiroqlari ishdan chiqqanligi;
5️⃣ Darvoza turlari hamda darvoza orqa qismiga tortiladigan himoya to‘ri yaroqsiz holga kelib qolganligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Aniqlangan muammolar yuzasidan deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga axborot kiritilib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalasi qo‘yildi.
🤝 Mazkur holat yuzasidan ishlar nazoratga olindi.