Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan "Navoiy va Bobur — milliy tafakkur va maʼnaviyatimizning ikki buyuk ustuni" mavzusida Chirchiq davlat pedagogika universitetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Fayziyeva va viloyat deputati G.Muhammedov, X.Saydaxmedovlar ishtirok etib, buyuk mutafakkirlarimizning boy adabiy merosi, ularning milliy o‘zlikni anglash, yurtparvarlik va komil inson tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
Ta’kidlanganidek, Navoiy va Bobur asarlari asrlar osha xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirib, yosh avlodni ezgulik, ilm-ma’rifat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan adabiy chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
https://t.me/TV_Kengash