Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi asosida muammo o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan hamkorlikda Nurdum mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Po‘latchi mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muhim taklif ilgari surildi
янв.21
Kengash raisi xotin-qizlarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Muradova tomonidan 4-Qo‘rg‘oncha saylov okrugiga qarashli Bulovboshi mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Kengash raisi hududlarda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Xakimov tomonidan tumandagi Oqsoy mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmatining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Hakimov tomonidan tumandagi Oqsoy mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Oila tinchligi — jamiyat barqarorligining asosidir
Sariosiyo mahallasida ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sariosiyo mahallasida ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

✅ Sariosiyo mahallasida aholi manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy sohadagi mavjud holatni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida mahalla deputati F.Ro‘ziboyev tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ob’ektlar — mahalla yettiligi, maktabgacha ta’lim tashkiloti va tibbiyot punkti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ob’ektlarda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmatlar sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, deputat tomonidan mahalla aholisi va saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar, yo‘llar holati hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Saylovchilarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 5