#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ Ahilobod mahallasida 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida uchrashuv o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov tomonidan Ahilobod mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududdagi holat atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
📊 Muloqot jarayonida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligi, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish darajasi, sport inshootlari va ta’lim muassasalaridagi sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
🛠 Mahalla infratuzilmasiga oid masalalar ham alohida e’tiborga olinib, ichki ko‘cha yo‘llari holati, tungi yoritish, transport tirbandliklari, chiqindilarni olib chiqish tizimi, ko‘p qavatli uylarning podyezdlari va yerto‘lalari holati, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, liftlar ishlashi hamda kommunal xizmatlar — elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv ta’minoti yuzasidan mavjud holat o‘rganildi. Deputat bu borada muammolarni tizimli hal etish zarurligini ta’kidladi.
🔺 Shu bilan birga, aholiga bepul beriladigan dorilar ta’minoti, bozorlardagi narx-navolar barqarorligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar, ijtimoiy xizmatlar sifati ham muhokama qilindi.
🔺 Hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, madaniyat muassasalari, kutubxonalar faoliyati, davlat xizmatlari va FHDYO organlarida xizmat ko‘rsatish sifati, investitsiya loyihalari hamda aholi bandligini oshirish masalalari yuzasidan ham tegishli takliflar ilgari surildi.
🤝 Yakunda deputat tomonidan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli nazoratni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish amaliyoti davom ettirilishi alohida ta’kidlandi. Mazkur uchrashuv hududdagi muammolarni kompleks hal etish va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)