Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S. Samatov tomonidan Sarikul mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Ushbu tashrif davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” tizimi ishi bilan yaqindan tanishdi.
🔹Jumladan, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganilib, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅ Bunday o‘rganishlar aholi muammolarini joyida hal etish va mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.