Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sahoba mahallasi fuqarolari murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputat N.Norkarayev tashabbusi bilan nuroniylar uchun ziyorat tashkil etildi
янв.21
SARIKUL MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONI QURILMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlandi
янв.21
“Narpay tajribasi” asosida Nurbuloq mahallasida yo‘l ta’miri masalasi muhokama qilindi
янв.21
Ag‘ron mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalliy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOSIGA AMALIY YeCHIM IZLAMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Davlat dasturlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati Zokirjon Axmedov va xalq deputatlari tuman  kengashi kotibyat mudiri Abrorjon Sobirovlar ishtirokida Rishton tumani “Pandigon ” MFY hududida joylashgan 14-sonli-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 30-dekabr kungi  2026-yilda Rishton tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi VII-16-95-11-158-K/25 sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida "Pandigon" mahallasida joylashgan 14-maktabda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu maktabning mazkur qurilish, rekonstruksiya (mukammal taʼmirlash) ishlarining loyiha qiymati 5milliard 624 million so‘mni tashkil etadi.  Ushbu mablag‘lar hisobidan maktabning barcha o‘quv binolari, sport zali qayta tamirdan chiqariladi. 

O‘rganish jarayonida deputatlar olib borilayotgan qurilish ishlarining har bir holatini va ishlatilayotgan qurilish materiallari sifatini mahalla faollari ishtrokida ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ishlarni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq sifatli va tartibli tashkil etish, shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1