Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov 7-Jom saylov okrugida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Nurobod tumanida ijtimoiy himoya va energiya samaradorligi yo‘lida muhim qaror qabul qilindi
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI!
янв.21
Sessiya qaroriga asosan 11 ta loyiha to‘liq moliyalashtiriladi
янв.21
Nurobod tumanida ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Duputatlar tomonidan Nurobodda suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida deputatlar tomonidan ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Sharipovning 2026-yilning o‘tgan davri yakunlari bo‘yicha hisoboti
Deputat hududlarda

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov 11-Po‘latchi saylov okrugiga qarashli Po‘latchi mahallasida “Mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputat O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Muloqot davomida mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

️Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularga samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2