Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sahoba mahallasi fuqarolari murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputat N.Norkarayev tashabbusi bilan nuroniylar uchun ziyorat tashkil etildi
янв.21
SARIKUL MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONI QURILMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlandi
янв.21
“Narpay tajribasi” asosida Nurbuloq mahallasida yo‘l ta’miri masalasi muhokama qilindi
янв.21
Ag‘ron mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalliy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOSIGA AMALIY YeCHIM IZLAMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Xalq deputatlari Qo'qon shaxar Kengashi deputati I.Fayzullayev 19-"Saodat" saylov okrugiga qarashli "Saodat" MFYda bo'lib, "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashdi

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev va "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan muhokamalar olib borildi. Shuningdek, mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan bir qator murojaatlar o'rganilib, yechimlari topildi.

Bundan tashqari maxalla xokim yordamchisi R.Axmedovning faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davrida PQ-406 va KQ-35-V sonli qarorlar ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish masalasida xokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar taxlil qilindi.

Xalqlar do‘stligi ko‘chasida yashovchi N.Xamedovaga xususiy MTM ochish uchun xokim yordamchisi ko‘magi bilan kredit olishga ko‘mak berilgan. Fuqaro tadbirkorlik faoliyatin boshlab 50 o‘rinli bog‘cha tashkil qilgan. Shuningdek tadbirkor tomonidan faoliyatini yanada kengaytirish rejasini bayon qildi. Mazkur tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi, zarur bo‘lsa qonunda belgilangan tartibda barcha yordamlar ko‘rsatilishi tushuntirildi

Shahar kengashi deputati I.Fayzullayev xokim yordamchisi R.Axmedov tomonidan Saodat maxallasi Salang xududida yashovchi Sh.Qurbonovga avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi tashkil qilish uchun 30 mln. so‘m kredit ajratilgan va maqsadliligi borasida o'rganish o'tkazildi. Deputatga kotibiyat mudiri A.Nosirov va bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar xamroxlik qilishdi.

Kredit maqsadli ajratilganligi, 2 ta yangi ish o‘rni yaratilganligi o‘rganildi. Fuqaro tomonidan xokim yordamchisi faoliyatidan mamnunligi, kredit to‘lovlarini muddatidan oldin to‘lab, faoliyatni kengaytirish maqsadida ekanligini bildirdi

Slide 1 of 8