Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi.

🏢 Kitob tumanida yangi va zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi.

Kitob tumanida yosh avlod kamoloti yo‘lida yana bir ulkan qadam tashlandi. Tumanda barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 540 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

✅ Mazkur muassasada bolajonlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishlari, jismoniy va intellektual rivojlanishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

🔎 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari G‘.Uzoqov hamda D.Razzoqovalar ushbu yangi ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlarni yaqindan o‘rgandilar.

Guruh xonalarining jihozlanishi: Mashg‘ulot xonalarining yosh xususiyatlariga mosligi va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanganligi;

Oshxona va tibbiyot punkti: Bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning sifati va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi;

O‘yin maydonchalari: Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan tashqi infratuzilma.

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi (https://t.me/kitob_tuman_Kengashi)

Slide 1 of 3