Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
Deputat axboroti

 Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Karimov Komiljon Ismoilovich 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuv Shayxontohur tumani 25-Beltepa saylov okrugi hududidagi 314-soni umumtaʼlimi maktabida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mahalla faollari, fuqarolari hamda yoshlar vakillariga deputat tomonidan chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida koʻrilgan choralar hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

Deputat K.Karimov 2026-yilning birinchi choragida mahalla hududidagi 2 ta ichki yoʻllar taʼmirlangani va hududlar obodonlashtirilgani, “yashil makon” loyihasi doirasida 200 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgani, elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz yetkazib berish maqsadida 1 ta elektr transfarmatorlar taʼmirlangani, 50 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvalash maqsadida yordam koʻrsatilgani, tadbirkorlik istagini bildirgan 4 nafar fuqarolarga mikro kreditlar ajratilgani haqida maʼlumot berib oʻtdi. 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla hududlarida havfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikni oldini olish uchun 4 ta kuzatuv kamerali oʻrnatilgani haqida ham taʼkidlab oʻtdi. 

Uchrashuv davomida deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Mahallalarda infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy muhit hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar koʻrilishi, deputat nazoratiga olinishi va hal etish boʻyicha ishlar davom ettirilishi hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish deputatlik faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalish ekani qayd etildi.

Slide 1 of 1