Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
📣📣📣 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 30-31-mart hamda 1-3 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi

📣📣📣 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 30-31-mart hamda 1-3 aprel kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi

✍️✍️✍️ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart va aprel oylarida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

✅ Hisobotlar va muhokamalar: 

✅ O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy komissiya muhokamasini o‘tkazish. 

(Mas'ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Z.B.O‘zbekova va F.Tursunqulov)

✅ Nazorat tahlil tadbirlari 

✅ Boysun tumani ixtisoslashuvi, geografik joylashuvi va boshqa infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturi asosida Boshrabot va Xo‘jabulg‘on mahallasida olib borilayotgan ishlar nazorati

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 13-sentabrdagi VII-14-91-8-110-K/25-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish

✅ Kadastrlar palatasi Boysun tuman filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 25-fevraldagi VII-20-17-8-110-K/26-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish

✅ Deputat mahallada

✅ Mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda aholi murojaatlarini o‘rganish Avlod, Hunarmandlar va Sayrob mahallari misolida

✅ Asosiy Kengashning vazifalari:

✅ Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.

✅ Deputatlar tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holatini muhokama qilish.

✅ O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

✅ Tashkiliy tadbirlari:

🔵 OAVda materiallar chop etish va intervyular berish (mart-aprel oylarida ham reja asosida)

Slide 1 of 2