✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Xakimov Nurobod tumani Chortut mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Chortut mahallasi binosida bo‘lib o‘tgan qabulda muammolari bor murojaatchilarning masalalari ko‘rib chiqildi.
✅Murojaatlar asosan xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ximoya qilish va ularga berilayotgan imtiyozlar, ijtimoiy ximoyaga muxtoj fuqarolarni qo‘llab quvvatlash va sog‘ligini tiklash hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan bo‘lib, qabul jarayonida mazkur masalalar o‘z yechimi topdi.