🔹Nurobod tumani Qo'rg'oncha mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Muradova hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.
"Qo'rg'oncha" MFYda otkazilgan uchrashuvda saylovchilarning xonadonlariga borib muammolari va takliflari eshitildi. Murojaatlar asosan sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy yordam kabi yo‘nalishlarni masalalarida. Qabul jarayonida fuqaro J.Qobilovning sog‘lig‘ini tiklash, Z.Xakimovaning uy-sharoitini yaxshilash hamda Z.Usmonovaning ishga joylashish kabi masalalari joyida hal etildi.
🔹Shuningdek, boshqa murojaatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi hamda masalalar nazoratga olindi.