Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
15 июл 2026

XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

imgXalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati xodimlari D.Yuldashova, U.Tolliboyev va A.Abduraimovlar tomonidan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganilmoqda. ➡️O‘rganish ishlari avvalida ishtirokchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, ish jarayonida alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlar hamda o‘rganishni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. ➡️Shuningdek, o‘rganish davomida kotibiyat faoliyatini tashkil etish, deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish, hujjatlar yuritilishi va tashkiliy ishlar holati tahlil qilinib, mavjud tajribalar hamda faoliyatni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Muradova tomonidan tumandagi 4-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi hududida joylashgan Buloqboshi mahallasida fuqarolarning murojaati yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida mavjud holat tahlil qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil tushuntirishlar berildi hamda masalani hal etishning huquqiy va amaliy jihatlari yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
10 июл 2026

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT

img“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2020-yil 11-dekabrdagi KQ-161-IV-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2021-yil 22-yanvardagi 18-87-sonli qarori bilan xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati tashki etilgan. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyatida jami 3 nafar xodim (1 nafar kotibiyat mudiri, 2 nafar bosh mutaxassis) faoliyat olib bormoqda. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlik o‘rinlari soni 25 ta, shundan 23 nafar deputatlar mavjud. 25 nafar deputatlarning 16 nafari erkaklarni, 9 nafari ayollarni tashkil etadi.

Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Hakimov tomonidan tumandagi 15-Oqsoy saylov okrugida joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida mazkur oilaviy poliklinikada ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Ushbu holat tibbiyot muassasasining samarali faoliyati va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi. Aniqlangan muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mas'ul tashkilotlarga ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash va muammoni amaliy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov Nurobod tumanidagi Nurbuloq mahallasida mahalla yettiligi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, obodonlashtirish, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Mahalla yettiligi vakillari tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Uchrashuv yakunida hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda fuqarolarning manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, mazkur doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakillari hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida doimiy komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi qarorlarining ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokama davomida qabul qilingan qarorlarning ijro holati, belgilangan vazifalarning amaliy natijalari, ijro intizomini ta'minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Doimiy komissiya raisi X. Xazratova tomonidan qarorlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov doimiy komissiya faoliyatiga biriktirilgan tashkilot vakillari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududlarda o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish, qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi A.Hakimov hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili hamkorligida tumandagi 15-Oqsoy saylov okrugidagi Oqsoy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb qilish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash hamda yoshlar muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunda belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglanib, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta'minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tumandan biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda Nurbuloq mahallasida olib borilayotgan ichki yo‘llarni obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarda amalga oshirilayotgan ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish me'yorlariga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari va mas'ul tashkilot vakillari bilan muloqot qilinib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish yakunida deputat tomonidan mavjud holatni yanada takomillashtirish, bajarilayotgan ishlar sifatini oshirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ustidan deputatlik nazorati muntazam ravishda olib borilmoqda.

Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi

imgXalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tumandagi 10-Nurbuloq saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. Mazkur o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining **2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli "2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"**gi qarori ijrosi doirasida mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududda barpo etilayotgan ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi obyektlarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ularning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda qurilish jarayonining tashkiliy holati o‘rganildi. Shuningdek, qurilish obyektlarida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.