Yangiliklar

Depuatatlik so'rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, Kengash raisi Salimova Zebiniso “Bo'ston va Oydin yo'li” mahallasida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi hamda fuqarolarning muammo va takliflarini tingladi.

O‘rganish davomida ko‘chalar holati, ichki yo'llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti va infratuzilmaga oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi va masala nazoratga olindi.

Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va hududdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5