Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar koʻrib chiqildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati, XDP tuman Kengashi raisi A.Ergashev hamda deputat A.Yursunovlar Bugʻdoychi mahalla
fuqarolar yigʻinida mahalla yettiligi ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda tashkil etilgan tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordam choralari yuzasidan axborot taqdim etildi. Xotin-qizlar faoli tomonidan ayollar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha kelishuvga erishildi.