Yangiliklar

#jarayon

Sessiyada ta’lim tizimiga oid dolzarb masala ham qat’iy ko‘tarildi. 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarorga muvofiq, maktab direktori lavozimiga tayinlanish uchun menejerlik sertifikati majburiy ekanligi eslatildi.

Ta’kidlandiki, sertifikatdan o‘ta olmagan rahbarni shunchaki boshqa lavozimga o‘tkazish muammoni hal qilmaydi. Asosiy maqsad — lavozimni saqlab qolish emas, balki ta’lim sifatini oshirishdir. Zarur bilim va boshqaruv kompetensiyasiga ega bo‘lmagan rahbar bilan maktabda keskin ijobiy o‘zgarish qilish qiyin.

Shu bois, past natija ko‘rsatgan maktablarga malakali, sertifikatga ega, tashabbuskor rahbar kadrlarni tayinlash zarurligi qat’iy belgilandi.

Mas’ullarga:

— past ko‘rsatkichli maktablarni chuqur tahlil qilish;

— rahbar va pedagoglar faoliyatiga adolatli baho berish;

— muammolar sababini ochiq ko‘rsatish;

— hamda aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ta’lim sifati — bu kelajak masalasi. Endilikda har bir maktab faoliyati alohida nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 5