Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi

Bugun bo‘lib o‘tgan sessiyada Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Doimiy komissiya raisi M.Raximov o‘z hisobotida 2025-yil davomida komissiya tomonidan tizimli va maqsadli ishlar olib borilganini ta’kidladi.

🗂 Hisobot davrida:

15 marotaba yig‘ilish o‘tkazilib, 29 ta masala muhokama qilindi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturlari ijrosi tahlil qilindi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi;

Davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash holati o‘rganildi;

Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔎 Shuningdek, yil davomida 20 dan ortiq monitoring va o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taqdimnoma va tavsiyalar kiritildi.

Hisobotda qayd etilganidek, komissiya faoliyati natijasida:

 ✔️ idoralararo hamkorlik kuchaytirildi;

 ✔️ xavfsizlik masalalarida mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatildi;

 ✔️ muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi;

 ✔️ fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Sessiya yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni 2026-yilda yanada kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📍 Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash — doimiy e’tibordagi masala.

Slide 1 of 1