Konferensiyaning asosiy maqsadlari:
“O‘zbekiston-2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizning xalqaro huquq sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish;
xalqaro huquq fanining turli dolzarb masalalarini, jumladan yashil iqtisodiyot, xalqaro savdo, xalqaro axborot huquqi, xalqaro kiberterrorizmga qarshi kurash, ziddiyatli vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilish, sun’iy intellektni tartibga solish, ekologik huquq va boshqa masalalari muhokama qilish;
konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida xalqaro huquq va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
xalqaro huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, baho va takliflarni monitoring qilish, umumlashtirish.