Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2025-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ish faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berildi. Shuningdek, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli idora va tashkilot vakillariga aniq vazifalar yuklatildi.