Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 22-Shampan saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon o`g`li tomonidan Parkent tumani “Shampan” MFY da joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.Shundan so`ng fuqarolarning murojaatlarini eshitildi. Shuningdek, deputat uchrashuv chogʼida oʼz chiqishlarida shaharni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilishlari hamda mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosiga asosan “mahalla yettiligi” bilan bevosita hamkorlik yo`lga qo`yilganligi taʼkidlandi.