Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari Iroda Qodirova, Sadoqat Xidirovalar O‘zbekiston mahallasida joylashgan 58-sonli umumta`lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilar ishtirokida "Erta nikox, erta turmush va uning salbiy oqibatlari" mavzusida ma`ruza- suhbat tashkil etishdi. Davra suhbatida yoshlarga erta nikox va qarindoshlar o'rtasidagi nikoxning salbiy oqibatlari to'g'risida tushunchalar berdi.
Ma`ruza so‘ngida deputatlar o'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Iroda Qodirova, Sadoqat Xidirovalar maktabdagi muammolarni o‘rganib, ushbu muammolarni bartaraf qilish borasida qilinadigan ishlar
tug‘risida o‘qituvchilar bilan kelishib oldilar.