Adolat SDP Kengash raisi Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Sharipov Odiljon Shafiyevich shahardagi 4-sonli umumiy o‘rta maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Odiljon Sharipov yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida belgilangan chora-tadbirlar haqida fikrlarini aytib, ushbu ta’lim dargohida
faoliyat olib borayotgan yosh avlod tarbiyachilaridan “Ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish – vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish”da faol bo‘lishga chaqirdi.