Bugun Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati F.Raximova 2025-yil 1-choragi davomida faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida hisobot berdi.
Deputat o‘z saylov okrugida olib borilgan ishlar, aholi murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ijro natijalari haqida axborot berdi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi mavzular ham muhokama qilinib, ular yuzasidan deputatlar o‘z fikrlari va takliflarini bildirdi.