YER UCHASTKASIDAN FOYDALANISH MUDDATINI UZAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 11-O‘zbekiston saylov okrugiga qarashli “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar filialida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 29-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala, ya’ni Navoiy shahar hokimining 2016-yil 27-dekabrdagi Q-901/12-son qarori bilan N. Karomatovga ajratilgan yer uchastkasidan foydalanish muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
📑 Mazkur masala yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganilib, yer uchastkasidan foydalanishning huquqiy asoslari, mavjud ma’lumotlar hamda belgilangan tartib va talablar asosida masalaga aniqlik kiritish ishlari amalga oshirildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlanib, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga taqdim etish belgilandi.