35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
22-XONCHORBOG‘ SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH HASHARI
янв.21
21-TURON SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
18-ME’MOR SAYLOV OKRUGIDA YANGI TASHABBUS
янв.21
16-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
🌿 13-UMID SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
🇺🇿🤝🇧🇾 GOMEL VA NAVOIY O‘RTASIDA DEPUTATLIK HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QADAM
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
18-ME’MOR SAYLOV OKRUGIDA YANGI TASHABBUS

 18-ME’MOR SAYLOV OKRUGIDA YANGI TASHABBUS

🏡 Mahalla obodligi va bolalar uchun qulay sharoit yaratish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

✅ 18-Me’mor saylov okrugi deputati Mirzayev Javohir boshchiligida “Mustaqillik” MFY, M. Ulug‘bek ko‘chasi, 17-uy oldidagi bolalar o‘yingohini qayta ta’mirlash va zamonaviy holatga keltirish masalasi yuzasidan tegishli ishlar rejalashtirildi.

🤝 Mazkur tashabbus doirasida viloyat Qurilish boshqarmasi hamda tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, bolalar o‘yingohini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish va zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

👧🧒 Bolalar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay o‘yingoh barpo etilishi mahalla aholisi, ayniqsa, yosh oilalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🌿 Ushbu tashabbus mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbuslar va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda!

Slide 1 of 4