35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uy-joylarda mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 22-"Alisherobod" saylov okrugi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Axmedova Gulchexra Uralovna o‘z saylov okrugida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, shuningdek, hududda mavjud dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat mazmunan chuqur o‘rganilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga asosli va batafsil javoblar berildi. Ayrim muammolar shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish, tahlil va muvofiqlashtirish talab etiladigan masalalar tegishli bo‘limlar va mas’ul mutaxassislarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4