Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada elektron ro‘yxatga olish tizimi o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish va muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Humo mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati o‘rganildi
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 13-sonli “Umid” saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Ziyokor” mahallasi xotin-qizlar faoli G‘.Hasanovaning faoliyati, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6