Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullaevna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy shahridagi Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, homilador ayollar va chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.