35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uy-joylarda mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ziyokor” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borilib, Charx Kamolon-2 mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida ayrim daraxtlarning qurib qolgan va chirigan yirik shoxlari fuqarolar hayoti hamda mol-mulkiga xavf tug‘dirayotgani aniqlangan edi.

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan tuman hokimining tegishli o‘rinbosari hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, hududdagi daraxtlarni mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, avariya holatidagi daraxtlar va qurigan shoxlarni sanitariya maqsadida butalash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatlarda yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masalaning ijrosi deputat nazoratiga olingan.

Slide 1 of 3