Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Binokor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi
янв.21
“FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qo‘qon shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamada bo‘lim boshlig‘i S.Sultonov hamda Ekologiya nazorati (ekopolitsiya) xodimlari ishtirok etib, qonun talablarining amaliy ijrosi, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish, tashish va utilizatsiya qilish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi fuqarolar tomonidan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish, maxsus tashkil etilgan chiqindi to‘plash maydonchalarining sanitariya holatini doimiy nazorat qilish hamda ularni belgilangan talablar asosida saqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida deputat X.Nazarova tomonidan aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, chiqindilar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, mas’ul tashkilotlar va mahallalar hamkorligini kuchaytirish hamda chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi