✨Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan O‘rikzor mahallasiga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘lining kirish-chiqish qismlarini asfaltlash ishlari oldidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
✨Jumladan, mahalla raisi bilan birgalikda yo‘l chetidagi ariqlarni tozalash ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✨Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni sifatli asfaltlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.