Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Binokor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi
янв.21
“FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI

🔔 2026-yil 2-chorakdagi deputatlik faoliyatining asosiy natijalari:
Mahallada tashkil etilgan 3 ta sayyor qabul va 5 ta deputat qabulida ishtirok etdi.
7 ta o‘rganish tadbirida ishtirok etdi.
2 ta deputatlik so‘rovi yubordi.
3 ta qonunchilikka oid masala yuzasidan taklif va munosabat bildirdi.
3 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etdi.
2-chorak davomida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 4 ta sessiyasida ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol qatnashdi.

Jumladan, mahalla hududidagi oilaviy shifokorlik punkti (OShP) binosini rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom ettirilayotgani ta'kidlandi. Mazkur loyiha yakunlangach, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligi yanada oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 36 ta yangi elektr tayanchi (ustuni) o‘rnatilib, ko‘chalarni tashqi yoritish tizimini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Bundan tashqari, "Tashabbusli budjet" (Open Budget) dasturi doirasida mahalla hududida zamonaviy eko bog‘-park barpo etish loyihasi ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda loyiha ishlari olib borilayotgani haqida ma'lumot berildi.

🏦 Deputat tashabbusi bilan 2 ta masala Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, tuman darajasida o‘z yechimini topdi.

✍️Deputat faoliyati qoniqarli deb baholandi.

💬 Mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 2 ta muhim masala Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining doimiy komissiyasi kun tartibiga kiritildi.
✔️ Yig‘ilish davomida mahalla hududida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mahalla hududini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda boshqa qator masalalar yuzasidan saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yig‘ilishda ishtirok etgan Peshku tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Bozorovga taqdim etildi.

📌 Bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosi Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 9-Bobohoji saylov okrugi deputati R. Sharipov tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 5