Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Binokor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi
“24 ta muhim masala” doirasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A. Ikromov saylov okrugi deputati D. Xamraqulov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Ismoilovlar tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida “24 ta muhim masala” yuzasidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Do‘stlik mahallasida jami 711 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Shundan 1 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Joriy yilning 6 oyi davomida 50 dan ortiq tadbir tashkil etilib, ularga 200 nafardan ziyod uyushmagan yoshlar jalb etilgan.

Shuningdek, yoshlarning turli tanlov va sport musobaqalaridagi yutuqlari e’tirof etildi. Jumladan:
✅ “Kelajak bunyodkori” kasblar tanlovida 2 nafar yosh respublika bosqichiga yo‘l oldi;
✅ “Besh tashabbus olimpiadasi”ning shashka sport turi bo‘yicha 2 nafar, para shaxmat sport turi bo‘yicha 1 nafar yosh respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi;
✅ Workout hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha 1 nafardan yosh viloyat bosqichiga yo‘l oldi;
✅ Stol tennisi sport turi bo‘yicha 1 nafar yosh tuman bosqichiga yo‘llanma oldi;
✅ “Mahalla uyushmasi – Zakovat kubogi” musobaqasida Do‘stlik MFY jamoasi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, mahallada 6 nafar yoshning bandligi ta’minlangan bo‘lib, shundan 4 nafari chorvachilik, 1 nafari tikuvchilik va 1 nafari sartaroshlik yo‘nalishlarida faoliyat boshlagan.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4