Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 22-Demun saylov okrugidan saylangan deputat G.Jabborova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Sho‘robod” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, shuningdek, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, bandlik va daromadli mehnat bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar holati yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish hamda bu boradagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Mazkur o‘rganish aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolariga tizimli yechim topish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4