Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Nogironligi mavjud shaxslarga berilayotgan imtiyozlarning qo‘llanilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 22-Demun saylov okrugidan saylangan deputat G.Jabborova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Sho‘robod” mahallasida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan nogironligi mavjud fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, ularga ajratilgan imtiyoz va xizmatlardan foydalanish darajasi, tibbiy xizmatlarning sifati hamda murojaatlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, 19-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshiralari tomonidan nogironligi mavjud fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi, fuqarolarni muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda manzilli xizmat ko‘rsatish tizimi ham ko‘zdan kechirildi.
✔️O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi hamda nogironligi mavjud shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishini nazorat qilish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6