Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Binokor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi
янв.21
“FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Mahammadieva hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurobod tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Elmurodov Xurshid Allamuratovich ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🔷Uchrashuv davomida jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, yoshlar tarbiyasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔷Shuningdek, hududda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🔷Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ham tegishli ma’lumotlar olindi. Mazkur qonunda ilm-fan sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, ilmiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yuksaltirishning muhim yo‘nalishlari belgilab berilganligi alohida ta’kidlandi.

🔷Tomonlar tomonidan qonun mazmunini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

🔷Bunday hamkorlik deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4