Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 23-saylov okrugidan saylangan deputat Qurolboyev Oybek G'ayrat o'g'li "Ibn Sino" va "Abdulla Avloniy" mahalla fuqarolari oldida "Mahalla yettiligi" va mas'ul tashkilotlar ishtirokida o'z deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. O'tkazilgan uchrashuvda tegishli sohalar bo'yicha taklif va murojaatlar tinglandi va ijrochi tashkilotlarga vazifalar belgilandi.