Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 5-saylov okrugidan saylangan deputat Subanov Sayfiddin Turg'unboyevich "Oltin" va "Koinot" mahalla fuqarolari oldida "Mahalla yettiligi" va mas'ul tashkilotlar ishtirokida o'z deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. O'tkazilgan uchrashuvda tegishli sohalar bo'yicha 10 ga yaqin taklif va murojaatlar tinglandi va ijrochi tashkilotlarga vazifalar belgilandi.