Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 18-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan.
янв.21
PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Kimyogar mahallasida aholi salomatligi uchun amaliy qadamlar
янв.21
Prezident Mirziyoyevning JST Bilan Muzokaralari: Iqtisodiy O‘sish Garovi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish
янв.21
DEPUTATLAR “NKMK TARIXI” MUZEYI BILAN TANISHDI
янв.21
MAKTAB TAʼLIMI MUASSASALARIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI O'N BIRINCHI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

 Navoiy
shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va
mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
 

   Joriy yilning
19-dekabr kuni Navoiy teri-tanosillar kasalxonasi hamda Navoiy shahar “Farovon”
mahallasida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati F.Fayzieva tomonidan
korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilarining halollik tamoyillariga qat’iy
amal qilishi masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
 

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmonining 2-ilovasi 27-bandida
keltirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda
mavjud tizimlarni yanada kuchaytirish, davlat xizmatchilarining halollik tamoyillariga
qat’iy amal qilishi masalalari keng muhokama qilindi, shuningdek oilalarni mustahkamlash,
xotin-qizlar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, yoshlar, ayniqsa yangi oila
qurish arafasida turgan yigit qizlar o‘rtasida to‘y va marosimlarni o‘tkazishdagi
salbiy holatlarning ma’naviy, axloqiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirish
ishlari samaradorligini oshirish” yuzasidan maruza qilindi.
Tadbirda,
korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda aholining,
ayniqsa yoshlarning o‘rni va mas’uliyati, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot
berdi.
 

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga halollik, qonunga
itoatkorlik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarining ahamiyati tushuntirildi. Yoshlar
orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong
va madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar
tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashish
har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi.
 

Mazkur targ‘ibot tadbirlari aholining
huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini
shakllantirishga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 6