Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sherzod Salixov "Istiqlol" mahalla fuqarolari yig‘inida tomorqadan samarali foydalanish va hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, bu borada hududda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Muloqotda, mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida hal etilishi, tomorqa imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda aholining oilaviy daromadini oshirish, tomorqada yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan soʻng, tuman rahbari hududdagi 29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham boʻldi. U yerda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Maktab hududini obodonlashtirsh va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.