Chinoz tumani “Bog’bon” MFY hududida aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o’rganish maqsadida qabul o‘tkazildi.
Qabulda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov , Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi 16-saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov, “Nuroniylar” jamg’armasi raisi Mirsoat Mirsodiqov hamda “Bog‘bon” MFY “Mahalla yettiligi” mas’ullari ishtirokida fuqarolarning kommunal xo'jaligi, sog'liqni saqlash, moddiy yordam va boshqa masalalardagi murojaatlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
O‘rganish va aholi bilan muloqot natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolar va shakllantirilgan takliflar “mahalla yettiligi” bilan umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etib borish belgilab olindi.