9- may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sherzod Salixov, “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi raisi M.Mirsodiqov, Ixtisoslashtirilgan maktabi direktori O.Isoqov, “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi jamoatchilik kengashi a'zolari S.Norxo'jaev, T.Mansurovlar ishtirokida “Sarbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi front orti mehnat faxriylari Xudoynazarova Mavluda, A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi Karimova Rixsi onaxonlarning xonadonlarida bo'lib, ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.