O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi raisi S. Jumaeva, Surxondaryo viloyat Kengashiga Oltinsoy tumani 34-Mirshodi saylov okrugidan nomzod Jo‘raeva Aysuluv Mamatqulovna va tuman Kengashiga qo‘yilgan nomzodlar tomonidan bugun Oltinsoy tumanidagi saylovchilar bilan saylovoldi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda partiya va partiya faoliyatiga doir hamda nomzodning targ‘ibot tarqatma materiallari saylovchilarga tarqatildi, targ‘ibot tadbirida nomzod Aysuluv Jo‘raeva partiyaning 7 ta yo‘nalishi buyicha ma’lumotlar berib o‘tdi, saylovoldi tadbiri muhokamalar, taklif va savollar asnosida qizg‘in tarzda o‘tdi.