O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi вилоят Кенгаши фаоллари, Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, Surxondaryo viloyat Kengashiga Oltinsoy tumani 34-Mirshodi saylov okrugidan nomzod Karimova Bibixol Hayrullaevna va tuman Kengashiga qo‘yilgan nomzodlar tomonidan bugun Oltinsoy tumanidagi saylovchilar bilan saylovoldi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda partiya va partiya faoliyatiga doir hamda nomzodning targ‘ibot tarqatma materiallari saylovchilarga tarqatildi, targ‘ibot tadbirida nomzod Bibixol Karimova partiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi, saylovoldi tadbiri muhokamalar, taklif va savollar asnosida qizg‘in tarzda o‘tdi.