Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
"O‘zbekiston – Sloveniya hamkorligi: Yangi bosqich sari dadil qadamlar"

"O‘zbekiston – Sloveniya hamkorligi: Yangi bosqich sari dadil qadamlar"

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Sloveniya Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, balki o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi ufqlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va logistika sohalarida erishilgan kelishuvlar, ayniqsa Koper porti infratuzilmasidan foydalanish bo‘yicha o‘zaro anglashuv, O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa bozoriga chiqishida muhim imkoniyatlar yaratadi.

Bu kabi amaliy qadamlar yurtimizning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlabgina qolmay, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ham yangi bosqichga olib chiqadi. Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi aviqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi, investitsiya va savdo aloqalarining kengaytirilishi — zamonaviy taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir. Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi esa ushbu tashrif davomida belgilab olingan rejalarni hayotga tatbiq etish yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi.

Shubhasiz, bu kabi tashabbuslar O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosati, xalqaro hamkorlikka tayyorligi va milliy manfaatlarni ilgari surish borasidagi qat’iyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xalq deputatlar kengashi Oqqo'rg'on tumani Kengashi deputati M.Rustamov